Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ayrim tumanlarida bir necha kundan beri suvni o‘chirishgan

Toshkentning ayrim tumanlarida bir necha kundan beri suvni o‘chirishgan

Bugun, 12-oktabr kuni Toshkent shahrining bir qator tumanlarida vodoprovod suvi o‘chgan yoki bosimi pasaygan. Bu haqda aholi ijtimoiy tarmoqlar orqali norozilik bildirishga tushgan.

Poytaxt hokimligi hozircha jim, lekin "Suvsoz" DUK bunga izoh bergan. Unga ko‘ra, Toshkentning ayrim tumanlarida suv bosimi pasayadi yoki umuman o‘chadi.

Eng qizig‘i, saytda kecha, 11-oktabr kuni e’lon qilingan axborotning ichida sentyabr oyi uchun ham o‘chirilishi yoki bosim pasayishi kerak bo‘lgan hududlar grafigi berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, yangi ochilgan KFC restorani ma’muriyati suv yo‘qligi uchun mijozlardan uzr so‘rab, kichkina e’loncha ilib qo‘ygan.

Toshkent shahrida kunlab emas, aslida soatlab suv o‘chirish yoki bosimini pasaytirish mumkin. Bunda ham aholi oldindan ogohlantirilishi zarur. Axir buyog‘iga yaxshigina sovuq tushib qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring