Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning markazida besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki quriladi

Toshkentning markazida besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki quriladi

Foto: "Yandeks.Karti"

Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi» kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va «UzTur Investment and Development» MChJ (O‘zbekiston Respublikasi) tomonidan Toshkent shahrida «Tashkent Central Park» ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki

Investorlar loyihani amalga oshirish doirasida 2019-2020-yillarda o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha hujjatlariga muvofiq besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga xorijiy investorlar bilan xorijiy investorlar huquq va majburiyatlari, investitsiyalar hajmi, yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlari, taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalar hamda boshqa shartlarni qamrab oluvchi investitsiya shartnomasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda tuzilishini ta’mish; xorijiy investorlar tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarning ijro qilinishi yuzasidan nazorat o‘rnatish yuklangan.

Poytaxt markazidan 2,5 gektar yer maydoni

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda «UzTur Investment and Development» MChJga loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar bo‘lgan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlaydi.

Loyihani amalga oshirish doirasida investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlariga:

  • qurilishni «fast-track» uslubida, foydalanishga «tayyor holda topshirish» shartlarida amalga oshirishga;
  • qurilish uchun olib kelinadigan import tovarlarni omborlarda «bojxona ombori» rejimida joylashtirishga ruxsat berildi.

Qo‘shimcha imtiyozlar

Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-yanvarga qadar:

a) investorlar va pudrat tashkiloti:

  • yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan;
  • investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
  • belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan materiallar, xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
  • belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha «vaqtincha olib kirish» bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, transport vositalari davriy bojxona to‘lovlari to‘lashdan;

b) investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring