Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshshahartransxizmat» eski avtobuslardan voz kechilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi

«Toshshahartransxizmat» eski avtobuslardan voz kechilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi

Foto: «Xabar.uz»

«Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati tomonidan 2008-2009-yillarda ishlab chiqarilgan va eng ko‘p masofa bosib o‘tgan avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarmaslik haqida qabul qilingan qaror ommaviy axborot vositalarida turlicha talqin etilmoqda, deyiladi xabarda.

Mazkur qarorda, gap 2008-2009-yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslardan batamom voz kechish haqida borayotgani yo‘q. Ularning harakati vaqtincha cheklanib, chuqurlashtirilgan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. To‘g‘ri, tekshiruvlar davomida avtobuslar orasida kapital ta’mirga muxtoj transportlar ham aniqlanishi mumkin. Bu raqam albatta, sanoqli bo‘ladi. Biroq, asosiy avtobuslar mutaxassislar tomonidan qisqa fursatda chuqur texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarga barham berilib yana ulardan foydalanilanish davom ettiriladi, deya qarorni izohladi «Toshshahartransxizmat».

13-14-oktyabr — shanba va yakshanba kunlari avtosaroy va ta’mirlash korxonalarida ishlar uch smenada (kecha-kunduz) tashkil etilib, eski avtobuslarning asosiy qismi tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar barataraf etilmoqda.

Shu asosda haftaning boshidan imkon darajasida avtobuslar jadvalida muammolar bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Shuningdek, bugun harakatdagi avtobuslarning asosiy qismi ma’nan eskirganligi, ularning o‘rtacha yoshi 9-10 yilni tashkil etayotgani so‘nggi paytlardagi ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘layotgani eslatib o‘tilgan. Shunga qaramay, avtobuslarga maksimal darajada servis xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Avval xabar qilinganidek, rejadagi yangi avtobuslarning kelishi transport bilan bog‘liq muammolarning bosqichma-bosqich barham topishiga olib keladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati bunday tushunmovchilik va noqulaylik uchun poytaxt ahli va yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring