Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘yiga belgilangan me’yordan ortiq mehmon chaqirgan fuqaro jarimaga tortildi

To‘yiga belgilangan me’yordan ortiq mehmon chaqirgan fuqaro jarimaga tortildi

Foto:«Asia-travel.uz»

Tojikistonning Hisor shahrida yashovchi Mo‘min Qosimov qizining to‘yida ortiqcha mehmon taklif etgani sababli 5 ming somoni miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda «Asia Plus» xabar bermoqda.

Qosimov «Xalq ana’analari, marosim va tadbirlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortilgan.

Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, Tojikistonda ertalabgi osh marosimlariga mehmonlar soni 200 nafardan oshmasligi kerak. To‘y bazmiga esa 150 kishi taklif etilishi belgilab qo‘yilgan.

Qosimovlar oilasi ertalab reglamentda belgilangan 200 kishini to‘yga taklif etgan va kechqurun yana ellik kishi ishtirokida bazm tashkil etgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring