Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarini o‘tkazib beradigan jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarini o‘tkazib beradigan jamg‘arma tashkil etiladi

Illyustrativ surat

Foto: «Xabar.uz»

Joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti 2018-yilning 2-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida  Shavkat Mirziyoyev raisligida Xatirchi tumanida Navoiy viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yig‘ilishda kam ta’minlangan oilalar to‘ylarini davlat tomonidan ixcham tarzda o‘tkazib beruvchi jamg‘arma tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Biroq hozircha mazkur jamg‘arma qaysi davlat idorasi qoshida tashkil etilishi, uning yuridik shakli qanday bo‘lishi, u qaysi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilish, kam ta’minlangan oilalar qay tartibda aniqlanishi noma’lum.


Mavzuga doir:
Yoshlar yetakchisi o‘z nikoh to‘yida kam ta’minlangan oila farzandlariga sunnat to‘yi qilib berdi (foto)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring