Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toyloqtumangaz» korxonasida konditsioner portladi

«Toyloqtumangaz» korxonasida konditsioner portladi

Hodisa natijasida gaz ta’minoti bo‘limining 2 nafar xodimi hamda 2 nafar murojaat bilan kelgan fuqarolar tan jarohati olishgan.

Joriy yilning 18 mart kuni soat 15:00larda «Toyloqtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi elektron gaz hisoblagich muhandisining xizmat xonasida portlash sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xonada o‘rnatilgan va ishlab turgan «ARTEL» rusumli konditsioner chaqnashi natijasida xonada portlash sodir bo‘lganligi aniqlangan. Voqea joyidan nosoz holatda kelgan bir dona «ARTEL» rusumli konditsioner ashyoviy dalil sifatida olingan.

Baxtsiz hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, zaruriy muolajalar qilingan. Ayni damda bemorlarning ahvoli yaxshi.

Hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring