Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Trailblazer» nega xatlandi?

«Trailblazer» nega xatlandi?

Foto: MIB

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor M.K. va N.A. dan undiruvchi U.Jumaniyazovaning foydasiga 159 mln. 384,8 ming so‘m qarz, 5,9 mln. so‘m sud harajatlarini undirish belgilandi.

Sud qarori ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlar nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tartibda so‘rovnomalar yuborildi. QR IIV YHXBdan olingan elektron so‘rov natijasiga ko‘ra, qarzdor nomida «TRAILBLAZER LTZ AT» markali avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan. Ushbu avtoulov joriy yilning 5 mart kuni qidiruvga qo‘yilgan.

Shu kunning o‘zida boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan avtotransport vositasi aniqlanib, tegishli tartibda xatlangan va vaqtincha saqlash maydoniga qo‘yilgan.

6 mart kuni qarzdor M.K. qarzdorlik bartaraf qilinmagan tag‘dirda «TRAILBLAZER LTZ AT» markali avtotransport vositasi, onlayn-auksion orqali savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.

Natijada qarzdor M.K. tomonidan jami 165 mln. 366.4 ming so‘m to‘liq MIB Nukus shahar bo‘limi depozit hisob raqamiga to‘langan va depozitchi tomonidan shu kunning o‘zida undiruvchining plastik kartasiga o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring