Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp amerikaliklarni ish bilan ta’minlash uchun xorijga qurol sotish hajmini oshirmoqchi

Tramp amerikaliklarni ish bilan ta’minlash uchun xorijga qurol sotish hajmini oshirmoqchi

Donald Tramp

Foto: Rambler/novosti

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqin kelajakda qurol eksporti hajmini oshirgan holda «Amerikachasini sotib ol» rejasini amalga oshirishni boshlashni rejalashtirmoqda. Davlat rahbari o‘zining saylov bo‘yicha bergan va’dasini amalga oshirishni istaydi, xususan, boshqa davlatlar bilan savdo kamomadini qisqartirish va amerikaliklar uchun ish o‘rinlarini ko‘paytirishni amalga oshirish maqsadida. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Tramp fevral oyida «butun federal hukumat»ni o‘z ichiga olgan eksport qoidalarini yumshatishga qaratilgan yondashuvni e’lon qilish niyatida. Bu esa xorijiy davlatlar uchun AQShda ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ va uchuvchisiz samolyotlardan tortib jangovar harbiy kemalar hamda artilleriya vositalarigacha sotib olishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, ma’muriyatning bunday qarorga kelishiga jahon bozorida, xususan, qurol ishlab chiqaruvchi davlatlar — Xitoy va Rossiya bilan raqobat kuchayib borayotgani ham sabab bo‘lgan.

Qurol-aslaha savdosi qoidalarining yumshatilishi, NATOdan tashqaridagi AQSh ittifoqchilari uchun ko‘p milliard dollarlik bitimlar va ko‘plab ish o‘rinlarini yaratishga ham olib keladi. Agentlik ta’kidlaganidek, Davlat departamenti va Pentagon ushbu kelishuvlarni tuzishda yanada faol ishtirok etishni «Lockheed Martin» va «Boeing» kabi korporatsiyalarga topshiradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring