Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQSh-KXDR sammiti haqida: «Bir kunlik uchrashuv kamlik qiladi»

Tramp AQSh-KXDR sammiti haqida: «Bir kunlik uchrashuv kamlik qiladi»

Foto:«CNN»

«Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan barcha masalalarni muhokama qilish uchun bir kun kamlik qiladi», – degan AQSh prezidenti Donald Tramp. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Lekin biz hammasini bitta uchrashuvga sig‘dirishga ulguramiz. Balki ikkinchi, uchinchi uchrashuvlarni ham tashkil qilarmiz. Balki umuman bo‘lmas. Lekin barchasi yaxshilikka», — degan u jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra hozir AQShda bo‘lib turgan Shimoliy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvlar yaxshi kechgan.

Bundan tashqari, 1-iyun kuni Trampga Shimoliy Koreya rahbarining maktubini yetkazishadi.

AQSh rahbari uchrashuv shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazilishidan umid qilayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring