Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «AQSh «Tolibon» bilan hech qanday muzokara o‘tkazmaydi»

Tramp: «AQSh «Tolibon» bilan hech qanday muzokara o‘tkazmaydi»

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Tolibon» bilan hech qanday muzokara yoki kelishuv bo‘lmasligini aytdi.

«Qarang, ular Afg‘onistonda duch kelgan odamni o‘ldirmoqdalar, portlatmoqdalar. Bu holatda biz ular bilan hech qanday kelishuv haqida o‘ylamaymiz. Qachondir muzokaralar bo‘lishi mumkin, ammo bu uzoq vaqtni talab etadi», — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda «RIA Novosti».

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining xorijiy davlatlarning elchixonalari joylashgan kvartalida bir xudkush o‘zini portlatishi natijasida 103 kishi halok bo‘lgan, 235 kishi jarohatlangandi. Kuni kecha yana bir teraktda 11 nafar askar nobud bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring