Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp boshqa davlat rahbarlarini ham rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga undamoqda

Tramp boshqa davlat rahbarlarini ham rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga undamoqda

Foto: «Vesti»

«AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlar rahbarlarini ham rossiyalik diplomatlarni o‘z mamlakatidan chiqarib yuborishga chaqirmoqda. Bu haqda 26-mart, dushanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan an’anaviy brifingda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Raj Shoh ma’lum qildi», — deya xabar bermoqda «TASS» agentligi.

Shuningdek, u AQSh Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ammo bu narsa Rossiya hukumatiga bog‘liq.

«To‘g‘risini aytganda, Rossiya bilan aloqalarimizning kelajagi Rossiya hukumati, prezident Vladimir Putin va boshqa bir qator hukumat a’zolarining harakatlariga bog‘liq. Biz Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz, prezident Rossiya bilan ishlashni xohlaydi», — dedi u jurnalistlarga qarata.

Biroz oldinroq AQSh 60 nafar rossiyalik diplomatni mamlakat hududidan chiqarib yuborishi haqida xabar bergan edik

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring