Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp, Putin, Qoshiqchi: «Time» jurnali «yil kishisi»ni aniqlaydi

Tramp, Putin, Qoshiqchi: «Time» jurnali «yil kishisi»ni aniqlaydi

Foto: «Utro.ru»

«The Washington Post»ning saudiyalik sharhlovchisi, 2018-yilning oktyabr oyida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulxonasida o‘ldirib ketilgan Jamol Qoshiqchi «Time» jurnalining «yil kishisi» short-listiga kiritildi. O‘n kishilik bu ro‘yxat 10 dekabr kuni NBC kanalida efirga ketgan «Today» teleshousida o‘qib eshittirildi.

Ro‘yxatda AQSh prezidenti Donald Tramp «birinchi raqam» bilan ko‘rsatilgan (u 2016-yili «yil kishisi» bo‘lgandi).

«Ikkinchi raqam» ostida aynan Trampning noqonuniy migratsiyaga qarshi siyosatidan eng ko‘p jabr ko‘rganlar — 2000 dan ziyod ajratib tashlangan oilalar ramziy ma’noda joylashtirildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu ro‘yxatda «uchinchi raqam» ostida. U 2007-yili «Time» yuzini bezagandi.

Shuningdek, AQShning Rossiya bo‘yicha maxsus prokurori Robert Myuller, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In,  britan shahzodasi Garri bilan turmush qurgan Megan Markl ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

«Time» 1927-yildan beri «yil kishisi»ni aniqlab keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring