Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turk va o‘zbek quruvchilari nima uchun janjallashgan edi? IIV izoh berdi

Turk va o‘zbek quruvchilari nima uchun janjallashgan edi? IIV izoh berdi

Joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida «Agromir Bilding» korxonasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan ishchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi haqida IIV Axborot xizmati ma’lumot bergan edi.

Unda fuqarolardan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov yakuniga ko‘ra to‘liq axborot berilishiga qadar, ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan video tasvirlarga nomaqbul izohlar berishlaridan o‘zlarini tiyishlarini so‘ralgan edi.

Afsuski ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, bo‘lib o‘tgan voqeani bo‘rttirib ko‘rsatish, mamlakatimiz fuqarolarini millatchilikda ayblash hamda o‘zbek-turk munosabatlariga sovuqchilik tushirish maqsadida, bo‘lib o‘tgan hodisaga go‘yoki «Turk ishchilari oshxonada ishlaydigan mahalliy aëlni zo‘rlaganligi oqibatida» yoki «Janjal mahalliy ishchilarning o‘zlari va turklarga ayni ish uchun berilaëtgan oyligidagi katta farqidan kelib chiqqan» degan vajlarni keltirish holatlari kuzatildi.

Voqeadan bexabar ayrim fuqarolarimiz, ushbu vajlarga berilib, salbiy izohlarni tarqalishiga sababchi bo‘lmoqdalar.

IIV axborot xizmati ma’lum qiladiki, 2019 yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida «Agromir Bilding» MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavvatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan Turkiya davlati fuqarolari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida, o‘zaro tan jarohatlari yetkazilgan.

Surishtiruv jarayonida mazkur janjal 1996 yilda tug‘ilgan Payariq tumani «Toxirshayx» mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek fuqarosi S.P. «Agromir Bilding» MChJ tomonidan yollangan quruvchi-montajchi bir necha turk fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi, shundan so‘ng u avjiga chiqib, yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa O‘zbekiston fuqarolari aralashib bir birlariga tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlandi.

Ma’lum qilamizki, qurilish ishlariga 1.800 dan ko‘p O‘zbekiston Respublikasi hamda 200 dan oshiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan. Ushbu holat natijasida Turkiya davlati fuqarolaridan to‘rt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari yengil tan jarohati olishgan.

Surishtiruv jarayonida shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Turkiya fukarolaridan 4 nafari jabrlanuvchi, 11 nafari janjalda ishtirok etgan faol guvoh tariqasida ushbu jinoyat ishiga jalb etilgan.

Shuningdek, 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida to‘liq aniqlik kiritiladi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati mutassadi xodimlari tomonidan ishchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring