Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Turkish airlines» 16 martdan Istanbul — Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

«Turkish airlines» 16 martdan Istanbul — Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Foto: «Saudigazette.com.sa»

«Turkish airlines» kompaniyasi juma kunidan boshlab Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotlar Istanbul — Samarqand — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari parvoz qiladi. Samarqanddan Istanbulga ilk parvozni amalga oshirish marosimida «Turkish airlines» aviakompaniyasi rahbariyati hamda Samarqand xalqaro aeroporti vakillari qatnashishdi.

«Turkish airlines» aviakompaniyasi dunyoning 121 mamlakatiga 301 aviayo‘nalish bo‘yicha parvoz qiladi. 2018-yilning 16-martidan boshlab kompaniya aviaqatnovlari ro‘yxatiga yana bir yo‘nalish — O‘zbekistonning qadimiy va mftunkor shaharlaridan biri Samarqandga parvozlar ham qo‘shildi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tomonlar Turkiyadan O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki,«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2017 yil 30 oktyabr kunidan boshlab Istanbuldan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, «Turkish airlines» aviakompaniyasi 1933-yili tashkil etilgan. Hozir u dunyoning ko‘plab xalqaro aviayo‘nalishlarini birlashtirgan «Star Alliance» aviakompaniyalar tarmog‘i a’zosi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring