Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Foto: «Xabar.uz»

Transport vazirligi huzuridagi «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiya Respublikasining «Turkish Airlines» aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul  va Istanbul – Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Turkish Airlines» aviakompaniyasi 2006-yil 28-sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bo‘lib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring