Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya harbiylari Toshkentga keldi

Turkiya harbiylari Toshkentga keldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 20-aprel kuni turkiyalik harbiylar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Ular shu yerning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun «Forish» poligoniga yo‘l oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 22—27-aprel kunlari «Forish» poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun kechasi Pokiston harbiy delegatsiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring