Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya kompaniyasi Buxoroda issiqlik elektr stansiyasi quradi

Turkiya kompaniyasi Buxoroda issiqlik elektr stansiyasi quradi

Turkiyaning Cengiz Enerji Sanayiive Ticaret A.Ş. kompaniyasi Buxoro viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi quradi. Bu haqida «Podrobno» xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov va Cengiz Holding boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz o‘rtasida Toshkentda imzolangan loyihaga ko‘ra IES quriladi.

– Loyiha davlat va xususiy sektor hamkorligi doirasida amalga oshiriladi. Qurilish joyi sifatida esa Buxoro viloyati, Kogon tumanida Quyimozor suv ombori yaqini tanlab olingan. Issiqlik elektr stansiyasi tabiiy gaz asosida faoliyat yuritadi va GE (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita gaz turbinasi hamda Siemens (Germaniya) tayyorlagan bitta bug‘ turbinasidan iborat, – deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Buxoro viloyatida 240 MVt kuchlanishli elektr stansiyasi qurilishi xududda energiyaga bo‘lgan extiyojni qondirish imkonini beradi va uzoq masofadan energiyani olib kelish bilan bog‘liq texnologik yo‘qotishlarni kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika vazirligi va Turkiyaning Yildirim Enerji Holding kompaniyasi shuningdek hamkorlikda Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega yana bir IES qurishga kelishib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring