Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Gulenga aloqadorlikda gumon qilingan 151 kishi hibsga olindi

Turkiyada Gulenga aloqadorlikda gumon qilingan 151 kishi hibsga olindi

Foto:«RIA Novosti»

Turkiya prokuraturasi Fathulloh Gulen(FETO)ga aloqadorlikda gumon qilingan 151 kishini hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ular orasida sobiq va hozir ishlayotgan harbiy xizmatchilar ham bor.

Gulenga aloqadorlikda ayblanayotgan 43 kishi uchun Anqara prokuraturasi sanksiya berdi. Ulardan 30 nafari sobiq va hozir ishlayotgan harbiylardir. 13 nafari Turkiya harbiy-dengiz kuchlari tarkibida bo‘lgan.

Yana 6 harbiyni hibsga olish uchun Anqara prokuraturasi order bergan.
Shuningdek, Turkiyaning 23 ta viloyatida FETOga aloqadorlikda ayblanayotgan 102 kishi hibsga olindi. Ular orasida harbiylar va xavfsizlik xizmati xodimlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 16-iyul kuni Turkiyada harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan, bu voqealarda 240 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 2 mingdan ziyod kishi yaralangan edi.

Isyondan keyin 50 ming kishi hisbga olingan, 140 mingdan ortiq davlat xizmatchisi esa ishdan haydalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring