Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada ishchilarni olib ketayotgan avtobus portladi

Turkiyada ishchilarni olib ketayotgan avtobus portladi

Foto: «Sabah»

Turkiya janubi-g‘arbida portlash yuz berdi. Buning oqibatida to‘rt nafar tinch aholi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 13 kishi turli darajada jarohat oldi. «SABAH» gazetasining xabar berishicha, Diyarbakir provinsiyasining Kulp hududida salonida yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus portlab ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tirik qolganlar davlat shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Gazetada yozilishicha, portlash ortida Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari turganligi taxmin qilinmoqda.

Dastlabki manbalarga ko‘ra, avtobus ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Politsiyachilar terakt taxminini o‘rganishmoqda. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda politsiyachilar va qutqaruvchilar ishlashmoqda. Fojiadan mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham xabardor qilingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring