Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada prezident saylovi. Erdo‘g‘on yana yutib chiqa oladimi?

Turkiyada prezident saylovi. Erdo‘g‘on yana yutib chiqa oladimi?

Foto: Presidency Press Service via AP

Turkiyada 24-iyun kuni prezidentlikka muddatidan avval saylov bo‘lib o‘tadi. Uning yakuniga ko‘ra mamlakatda yangi prezident va Buyuk milliy majlis tarkibi ham yangilanadi. Kutilayotgan saylov tarixiy ahamiyatga ega, sababi undan so‘ng Mustafo Kamol Otaturk tomonidan shakllantirilgan respublika asosi tubdan o‘zgartirilib, boshqaruv parlamentdan prezident qo‘liga o‘tadi.

Avvalroq prezident va parlament saylovlari 2019-yilning noyabrida bo‘lishi belgilangan edi. Ammo joriy yilning 17-aprelida milliy harakat partiyasi yetakchisi Devlet Baxcheli ushbu muddatni kutmasdan saylovni 2018-yilning 26-avgustida o‘tkazishni taklif qildi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Baxchelining muzokarasidan so‘ng muddatidan avvalgi saylov 24-iyunga ko‘chirildi.

Bo‘lajak prezidentga ko‘plab vakolatlar beriladi. U bir paytning o‘zida davlat va hukumatni boshqaradi, vazirlar, vitse-prezidentlarni ishdan bo‘shatish va tayinlash, favqulodda vaziyat e’lon qilish, referendumlar o‘tkazish taklifini bildirish kabi huquqlarga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, asosiy qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, prezidentlik vakolati 5 yilga uzaytiriladi va deputatlar soni ham 550 nafardan 600 nafarga ko‘payadi. Deputatlikka endi 25 yoshdan emas, 18 yoshdan saylanish mumkin bo‘ladi.

Ertangi saylovda prezidentlikka olti nomzod da’vogar: amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Xalq-respublika asosiy muxolif partiyasidan nomzod Muharrem Inje, Yaxshi muxolif partiyasidan Meral Akshener, Farovonlik partiyasidan Temel Karamollao‘g‘li, «Vatan» partiyasidan Dogu Perinchek va Kurdlar xalq demokratiyasi partiyasidan Salohiddin Demirtash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring