Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyalik inflyuenserlar O‘zbekistonga keldi

Turkiyalik inflyuenserlar O‘zbekistonga keldi

Foto: Turizm qo‘mitasi

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda qator taniqli inflyuenserlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga kelishdi.

Mehmonlar 5 kun davomida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishadi.

Mehmonlar orasida Yilmaz Ali Abdusselam (7,21 million obunachi), Go‘k Kerem (528 ming obunachi), Bekar Halil Ibrohim (88,1 ming obunachi), Katana Yilmaz Huseyn (297 ming obunachi) va Gench Mehmet (492 ming obunachi), Yosir Yilmaz (853 ming obunachi) kabi faol You-Tube blogerlar bor.

Media-guruh 12 fevraldan 17 fevralga qadar O‘zbekistonda bo‘lib, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘ylab sayohat qilishni rejalashtirilgan. Sayohat davomida inflyuenserlar guruhi yurtimizning muqaddas qadamjolarida ziyorat amallarini bajo etishadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz madaniyati, qadriyatlari hamda turizm tarmoqlari xususiyatlari bilan yaqindan tanishtiriladi.

Tashrif doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida media-guruh va mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring