Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston 40 yoshdan kichik fuqarolarini mamlakatdan chiqarmayapti

Turkmaniston 40 yoshdan kichik fuqarolarini mamlakatdan chiqarmayapti

Foto: «CA-news»

Turkmaniston migratsiya xizmati mamlakatdan chiqish yoshini 40 yoshgacha uzaytirdi. Bu haqda «CA-news» xabar bermoqda.

«25 iyun kuni Turkmanistonning Toshovuz viloyati fuqarolari viloyat migratsiya xizmatida mamlakatdan chiqish yoshi 30 yoshdan 40 yoshga uzaytirilganidan xabar topishgan», — deyiladi xabarda.

Bunday qarorga kelishdan maqsad viloyatdagi fuqarolarning xorijga ishlagani ketishining oldini olish. Viloyatda mehnatga layoqatli odamlar soni keskin kamayib ketgan va amaldorlar izoh so‘rab murojaat qilganlarga «hammalaring chiqib ketsangiz, bu yerda ishlagani kim qoladi?» deya javob berishgan.

Aprel oyida 30 yoshga to‘lmagan fuqarolarning xalqaro reyslarga qo‘yilmayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Turkmanistonda fuqarolarning aniq soni haqida rasmiy ma’lumot oshkor etilmaydi. 2012 yilda o‘tkazilgan fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari ham e’lon qilinmagan. «Index Mundi», «Population Pyramid» kabi xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblariga ko‘ra mamlakat aholisi 6 milliondan oshmaydi va shundan 40 yoshgacha bo‘lganlar aholining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring