Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston prezidenti ma’muriyati nima uchun 25 ta «Maybach»ni sotuvga qo‘ydi?

Turkmaniston prezidenti ma’muriyati nima uchun 25 ta «Maybach»ni sotuvga qo‘ydi?

Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Prezidentiga xizmat ko‘rsatgan «Maybach S600L» avtomobili.

Foto: «Hronikatm.com»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning ma’muriyati «Maybach S600L» rusumidagi 25 ta avtomobilni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.

Mashinalarning barchasi zirhlangan bo‘lib, 13 tasi 2009-yili, qolganlari esa 1995-yili ishlab chiqarilgan. Kimoshdi savdosi Turkmaniston davlat tovar-xomashyo birjasining portalida bo‘lib o‘tadi.

2009-yili ishlab chiqarilgan xorij avtomobillari 75,5 ming AQSh dollariga, 1995-yilda ishlab chiqarilganlari esa undan uch barobar arzonroqqa, ya’ni 25,1 ming AQSh dollariga baholangan.

«Turkmaniston solnomasi» nashrining qayd etishicha, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini olib yurgan.

Turkmaniston yetakchisining o‘zi esa umuman boshqa avtomobillardan foydalanadi. Durvoqe, u ko‘pincha mashinani o‘zi haydaydi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring