Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmanistonda yana tuz bo‘roni ko‘tarildi

Turkmanistonda yana tuz bo‘roni ko‘tarildi

Turkmaniston shimolida yana tuzbo‘roni ko‘tarildi.

Tuz bo‘roni mamlakatning Turkmanboshi, Ruhibaland va Akdepe tumanlarida kuzatilgan.

«Toshhovuzda tuzbo‘roni boshlandi. Bu safar tuz changi hamda kuchli shamol kuzatilgan. Bo‘ron uzoq vaqt davom etadiganga o‘xshaydi», – deyiladi xabarda.

Aytilishicha, to‘z bo‘roni Turkmanistonga shimoliy-sharqdan, Orol tomondan kirib kelgan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, bo‘rondan so‘ng yerga tushgan oq changlar quriyotgan dengiz tuzlari bo‘lishi mumkin. Qum va tuzli bo‘ron Turkmanistonda birinchi bor ro‘y berishi emas.

To‘z bo‘roni ilk marta Toshhovuz va Lebap viloyatlarida shu yil may oyi oxirida kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring