Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini «katta aka»lar o‘qiy olishi tasdiqlandi

«Twitter» foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini «katta aka»lar o‘qiy olishi tasdiqlandi

Foto: «Keddr.com»

«Twitter» servisining ayrim xodimlari foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini kuzatib borgani uchun oylik oladi. Ijtimoiy tarmoq vakillarining ta’kidlashicha, bu kabi imkoniyat faqatgina «cheklangan miqdordagi xodimlar»ga taqdim etilgan. Bu haqida «NV.ua» xabar berdi.

«Biz shaxsiy yozishmalarni muntazam kuzatmaymiz. Ayrim xodimlargina qonuniy maqsadlar yo‘lida bu kabi imkoniyatga ega va biz ulardan juda qat’iy talablar asosida foydalanamiz», — deya bayonot bergan «Twitter» vakili.

«Project Veritas» tashkiloti tomonidan «Twitter» xodimlarining imkoniyatlariga bag‘ishlangan videolavha namoyish qilingach, servis vakili shunday bayonot bilan chiqishga majbur bo‘ldi.

«Twitter»ning tarmoq xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Kley Xeyns har qanday foydalanuvchining shaxsiy yozishmalarini o‘qishga yordam beradigan maxsus kodlar mavjudligi va yuzlab xodimlar ularni o‘qigani uchun pul olishini aytgani yashirin kameraga tushgan va bu videolavha «Project Veritas» tomonidan tarqatib yuborilgan.

«Twitter» ushbu rolikka rasman munosabat bildirdi va bu kabi tekshirishlar faqatgina sudning talabi bilan amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring