Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uber odamlar». Yaponiyalik ixtirochi tanani ijaraga berib turish servisini o‘ylab topdi

«Uber odamlar». Yaponiyalik ixtirochi tanani ijaraga berib turish servisini o‘ylab topdi

Mazkur servis yordamida biror-bir kishini yollash va u yordamida tadbirlar yoki bayram kechalarida uydan chiqmasdan ishtirok etish mumkin.

Foto: «NV.ua»

Yaponiyalik ixtirochi Yun Rekimoto uydan tashqariga chiqishga majbur, biroq buni xohlamaydigan odamlarning muammosiga yechim topdi. Rekimoto yaratgan dasturiy ta’minot va shlem inson boshiga kiygiziladi va u sizning o‘rningizga ishlarni bajarishi mumkin. Sizning yuz va ovozingiz uning displeyida translyasiya qilinadi. Ushbu texnologiya «ChameleonMask» nomini oldi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ixtirochining ta’kidlashicha, hozirgi kunda odamlarni uydan chiqmasdan yoki boshqalar bilan muloqot qilmasdan turib o‘z ishini bajarish imkonini beradigan ko‘plab servislar mavjud, masalan, ovqat buyurtma qilish, onlayn-kinoteatr, masofadan turib ishlash.

Mazkur servis yordamida biror-bir kishini yollash va u yordamida tadbirlar yoki bayram kechalarida uydan chiqmasdan ishtirok etish mumkin.

Shlemning yagona kamchiligi — uni taqib yurgan odamning ko‘zi uchun tirqishning yo‘qligi. Rekimoto bunga ham yechim topishga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring