Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell shifokori xodimlarga onlayn maslahat berdi

Ucell shifokori xodimlarga onlayn maslahat berdi

Foto: Ucell matbuot xizmati

Hozirgi kunda COVID-19 virusi to‘g‘risida xabardor bo‘lish va uyda, ishda xavfsiz qolish juda muhimdir.

23-iyul kuni Ucell akademiyasi tarkibida kompaniya xodimlari uchun «COVID-19. Nimani bilishingiz kerak?» veb-seminari bo‘lib o‘tdi. Vebinarni Ucell kompaniyasi shifokori — Barno Yuldasheva olib bordi.

Barno Baltabayevna – yuqori toifali shifokor, 20 yillik ish tajribasiga ega terapevt va kardiolog. Axborot sessiyasida bir vaqtning o‘zida kompaniyaning 30 ga yaqin xodimi ishtirok etdi.

Vebinar ikkita asosiy bo‘limdan iborat edi: birinchisi – o‘quv qism, ikkinchi qism savol-javoblar. Ishtirokchilar kasallikning oldini olish va alomatlar haqida savollar berishdi va shifokordan tavsiyalar oldilar: sog‘liqni saqlash uchun qanday profilaktik choralar ko‘rish kerak kabi.

Kompaniya shifokori uyda kasalliklarning oldini olish usullari bilan tanishtirdi. Immunitetni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan maslahatlar berdi. Shuningdek, davolanish va kasallikka bo‘lgan yondashuv haqida ko‘plab misollar keltirdi. Doktor Yuldashevaning ta’kidlashicha, biron bir shubha bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish juda muhimdir.

Farhod Isroilov, Loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis:

Kompaniya o‘z xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga ma’suliyatli munosabatda bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Ucellning barcha ofislarida xavfsiz ishlash uchun sharoitlar o‘z vaqtida yaratilgan: ko‘pchilik xodimlar masofaviy ish tarziga ko‘chirilgan, ofisda qolganlar esa har kuni zarur himoya vositalari bilan ta’minlanmoqda.

«COVID-19. Nimani bilishingiz kerak?» vebinari ham kompaniya xodimlariga bo‘lgan e’tiborining yana bir belgisidir. Savollar ko‘p edi. Barno Baltabayevna barchasiga to‘liq va batafsil javob berdilar. Ishonchim komilki, ko‘pchilik kerakli va foydali ma’lumotga ega bo‘ldi.

 Axborot vebinarida qatnasha olmagan barcha xodimlar HRM tizimining yangi yechimidan foydalangan holda videoni onlayn kutubxonada ko‘rishlari imkoni yaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring