Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell tez orada 5G texnologiyasini O‘zbekiston hududlarida yo‘lga qo‘yadi

Ucell tez orada 5G texnologiyasini O‘zbekiston hududlarida yo‘lga qo‘yadi

Ucell mobil operatori «Tashkent City»da 5G internet test-drayvini o‘tkazdi. Unda ishtirokchilar 5G tezligini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, bugungi kunda 5G internet (1 Gb/sekundgacha yuqori tezlikka ega mobil internet) Toshkent shahridagi «Tashkent City» biznes markazi aholisi uchun mavjud. Ucell yangi hududlarni o‘zlashtirishda davom etmoqda va tez orada texnologiyadan O‘zbekistonning boshqa tumanlari va boshqa shaharlarida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Internet paket narxi – 5000 so‘m. Amal qilish muddati – 5 kun. Internet-paketni kompaniya ofislarida yoki Call-markaz yordamida 8123 raqami orqali yoqish mumkin. Cheksiz internet-trafik faqatgina tayanch 5 G stansiyalari faoliyati hududida mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring