Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch asrdan beri ummon tubida yotgan xazina topildi

Uch asrdan beri ummon tubida yotgan xazina topildi

Foto:«Sabah.com»

Ispaniyada ishlab chiqarilgan «San Xose» kemasi xazinaga to‘la holda uch asrdan beri ummon tubida ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Karib dengizida ingliz harbiy dengiz floti tomonidan cho‘ktirib yuborilgan kema qoldiqlarini tadqiq qilgan mutaxassislar u San Xose (Ispaniya) shahrida ishlab chiqarilganini aytishmoqda.

2015-yili topilgan kema 1708-yili cho‘kib ketgan. O‘sha paytda kemada Amerika qit’asidagi xazinalar Yevropaga tashib ketilayotgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, «San Xose»dagi xazinalarning qiymati 4 yoki 18 milliard AQSh dollariga teng ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring