Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch oyda NASA astronavtining bo‘yi 5 santimetrga o‘sdi

Uch oyda NASA astronavtining bo‘yi 5 santimetrga o‘sdi

Foto: «Twitter»

Amerikalik astronavt ayol Enn Makkleyn uch oydan beri Yer orbitasida. Shu uch oyda uning bo‘yi sezilarli ravishda o‘sibdi. Makkleyn skafandrni kiyib ko‘rganidan so‘ng buni yaqqol sezdi.

«Kosmosga parvoz qilgan paytimga nisbatan bo‘yim ikki dyuym (5 santimetrdan ko‘proq)ga cho‘zildi», — deb yozdi Makkleyn «Twitter»da.

Ilgari bunday holat yapon astronavti Norisige Kanai bilan ham sodir bo‘lgan — uning bo‘yi 9 santimetrga o‘sgan.

Aytish kerakki, «bo‘y o‘sishi» fazogirlarga xos «kasallik» — ular Yerga qaytishi bilan yana o‘z holiga qaytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring