Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Uch-to‘rt yilning ichida Surxondaryoni tanib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bo‘ladi»

Prezident: «Uch-to‘rt yilning ichida Surxondaryoni tanib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bo‘ladi»

Shavkat Mirziyoyev

Foto: «O‘zbekiston 24» dasturidan skrinshot

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga borgani haqida xabar bergan edik.

19-yanvar kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Manbamizning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan sessiyaning so‘ngida davlat rahbari viloyatni yaqin kelajakda nimalar kutayotgani haqida to‘xtalgan.

«Surxon elining xalqini men  juda hurmat qilaman. Sizlar kamgapsizlar, lekin mardsizlar, aytganlaringizni qilasizlar. Bu haqiqat. Mana shunday tanti xalq yaxshi yashashga, yaxshi sharoitda yashashga haqli. Lekin shu sharoitni yaratishga biz belimizni mahkam bog‘lab hammamiz bir yoqadan bosh chiqarsak, ana shunda natija bo‘ladi. Xalqimizga xiyonat qilmasak, yolg‘on gapirmasak, adolat bilan xizmat qilsak, hamma narsa qilsa bo‘ladi. Xudo nasib qilsin, 3-4 yilning ichida Surxondaryoni tanib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bo‘ladi», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring