Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch yil davomida olingan film 24-mart kuni katta ekranlarga chiqadi

Uch yil davomida olingan film 24-mart kuni katta ekranlarga chiqadi

Shu yilning 24-mart kuni «Tanhoimsan» filmi yurtimiz kinotetarlarida namoyish etila boshlaydi. Rejissyorlar Murod Yo‘ldoshev va Akbar Insopovning ilk ishi bo‘lmish ushbu kinokartinani suratga olishga uch yil sarflandi. Buning sabablari ko‘p. Film ijodkorlari bu haqda tomoshabinlarga premera kuni so‘zlab berishlari rejalashtirilgan.

Filmda bosh qahramonlarni Shahlo Temirova, Lola Eltoyeva, Behzod Muhammadkarimov, Elyor Nosirov, Sobir Otajonov gavdalantirgan. Shuningdek, yosh aktyor G‘ayrat Islomov faoliyatida ilk marta bosh rolni ijro etgan.

«Tanhoimsan» filmining mavzusi muhabbat. «Yana shu mavzumi, boshqa mavzu qurib qolganmi?» deyishga oshiqmang. Ssenariy muallifi ham, rejissyorlar ham, filmda rol ijro etgan akyotrlar ham ushbu kinokartina boshqalarnikiga o‘xshab qolmasligi, original chiqishi va tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishi uchun ancha ter to‘kishgan. Shu bois, keling, avval filmni tomosha qiling. Xulosani esa tomoshadan keyin chiqararsiz.

Filmning premerasi 23-martda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 24 martda boshlab esa shu yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring