Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar koronavirusning dahshatli qurolini aniqlashdi

Olimlar koronavirusning dahshatli qurolini aniqlashdi

Foto: «Vestiprim.ru»

AQShda Kaliforniya universiteti olimlari COVID-19 kasalligini chaqiruvchi SARS-CoV-2 virusi koronavirusni yuqtirish uchun paypaslagichga o‘xshash o‘simtalardan foydalanishini aniqlashdi. Bu o‘simtalar ularning butun organizmga tez tarqalishiga yordam beradi, deya xabar berdi «Financial Times» gazetasi.

Loyihaga rahbarlik qilayotgan professor Nevan Kroganning so‘zlariga ko‘ra, virus hujayralarining dahshatli nishlari bo‘lib, ular boshqa hujayralarning qobig‘ini teshib kiradi. «Bizning farazimiz shundan iboratki, aynan ular kasallik yuqishini tezlashtiradi», — dedi u.

Ta’kidlanishicha, aksariyat viruslarning bunday paypaslagichlari bo‘lmaydi. Ushbu kashfiyot koronavirusga qarshi kurashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir qator dori-darmonlarni aniqlashga yordam beradi. Ularning ko‘pchiligi ilgari saratonni davolash uchun ishlab chiqilgan, deyiladi hujjatda.

Mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni butun dunyo bo‘yicha 9,6 million kishidan oshib ketdi, vafot etganlar soni esa 500 ming kishiga yaqinlashib qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring