Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchko‘prikda fuqaro o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Uchko‘prikda fuqaro o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida shu yil 6-dekabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Kattaqashqar qishlog‘i hududida haydab ketayotib, velosipedda ketayotgan shu qishloqda yashagan O.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Natijada O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Uchko‘prik tumanida yashovchi O.X. o‘z boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring