Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xabaringiz bormi? «Umid nihollari-2018» sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xabaringiz bormi? «Umid nihollari-2018» sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: O‘zA

Joriy yilning 14-20-may kunlari hududlarda «Umid nihollari-2018» sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbirlari «Yoshlik va sport bayrami» sifatida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida sportning 21 turi bo‘yicha viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 10 444 nafar sportchi diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqalarning hududiy final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi-o‘quvchilar esa 1-, 2- va 3-darajali diplom, medal va kubok bilan, sovrindor tuman (shahar) jamoasi esa oliy sovrin «Prezident sovg‘asi» — «Damas» rusumli avtomashina bilan taqdirlanadi.

«Umid nihollari-2018» sport musobaqalarining taqdirlash marosimlarida davlat va jamoat arboblari, taniqli sportchilar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etmoqda.

El sevgan san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturlari, turli badiiy chiqishlari namoyish etilib, o‘quvchilar uchun tom ma’noda «Yoshlik va sport bayrami»ga aylanmoqda. Mazkur tadbirlarda jami 63 ming nafardan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring