Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uning narxi 1200 dollar. To‘lovlarni amalga oshirishda yordam beradigan «aqlli» soat yaratildi

Uning narxi 1200 dollar. To‘lovlarni amalga oshirishda yordam beradigan «aqlli» soat yaratildi

Foto: «ITC.ua»

Hozirda mavjud «aqlli» soatlarning aksariyati ancha katta va qo‘pol hisoblanadi. Shu sababli «Tag Heuer» kompaniyasi diametri 41 millimetrga teng bo‘lgan yangi «Connected Modular 41» modelini taqdim etdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Connected Modular 41» «aqlli» soati o‘zidan oldingi ajdodidan faqatgina o‘lchami bilan farq qilmaydi. Qurilmaning o‘lchami kichik bo‘lishiga qaramay, yangilikning bir qator texnik tavsiflari sezilarli darajada yaxshilangan. Masalan, yangi qurilmaga 390x390 pikselli ancha yorqin displey o‘rnatilgan. Shuningdek, uning tezkor xotirasi 1 gigabaytgacha, flesh xotirasi esa 8 gigabaytgacha ko‘tarilgan.

Soatga GPS va NFC modullari o‘rnatilgan. NFC dasturi «Android Pay» yordamida to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi. Soat korpusi 50 metr chuqurlikdagi suvda ham uni bemalol himoya qilishga qodir. Qurilma «Android 4.4» yoki «iOS 9» va undan yuqori bo‘lgan operatsion tizimlar bilan aloqa o‘rnata oladi. 

«Tag Heuer Connected Modular 4141» soatlari 1200 dollardan savdoga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring