Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«University Cyber Cup»da Inha universiteti jamoasi sovrindor bo‘ldi

«University Cyber Cup»da Inha universiteti jamoasi sovrindor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Toshkent oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «University Cyber Cup» musobaqasining final bosqichida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

Universitetning kiber jamoasi final bahslarida yuqori natijalarni ko‘rsatib, Dota 2 yo‘nalishi bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, CS:GO bo‘yicha ikkinchi va PUBG Mobile bo‘yicha uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Kibersport Uyushmasi tomonidan va O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etildi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring