Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda Milliy bank yordamida ochilgan korxona mahsuloti xorijga eksport qilinadi

Urgutda Milliy bank yordamida ochilgan korxona mahsuloti xorijga eksport qilinadi

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi «Urgut Micro Metal» korxonasi tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. 2018 yilda Milliy bank yordami bilan ish boshlagan korxona faoliyati endi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Firma muassisi Shahob Mirboboyev O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratilgan 1 million 60 ming dollar mablag‘ evaziga bo‘sh yerga korxona qurdi va tish cho‘tkasi, skotch, neylon va akril yelimi hamda gigiyenik vositalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. E’tiborlisi korxonaga uskunalar keltirish va o‘rnatish hali davom etayotgan bo‘lsa-da, bir tomonda ishlab chiqarish ham boshlab yuborilgan.

Hozirgi kunda korxonada 35 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ammo bu hali hammasi emas. «Urgut Micro Metal» va Milliy bank o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan yil oxirigacha yana 60 ta ish o‘rni yaratilishi shart. Bank kredit berish asnosida xuddi shunday shart qo‘ygan edi.

Hozircha ishchilarning maoshi 800 ming so‘mdan to 3 million so‘mgacha. Ammo korxonaning ishlab chiqarish surati oshgani sari bu borada ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, ayni vaqtda Xitoydan kelgan mutaxassis butun ish jarayonini kuzatib boradi va buning uchun xorijiy valyutada yaxshigina maosh oladi. Biroq «Urgut Micro Metal» mahalliy yoshlardan mutaxassis tayyorlashni boshlagan va yaqin vaqtlarda urgutlik yoshlar barcha jabhada ishni o‘z qo‘liga oladi.

Hozircha «Urgut Micro Metal» to‘liq quvvat bilan ishga tushmadi. Ammo shunda ham korxonada soatiga 1140 dona skotch va 2004 dona tish tozalash vositasi ishlab chqariladi. Mahsulotlar dizayni ustida 3 nafar mutaxassisi ishlamoqda va dizaynlar 20 turdan ortadi.

Eng muhimi, «Urgut Micro Metal» ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga yaqin xorij mamlakatlaridan qiziqish bor. Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport yo‘lga qo‘yilmoqda. Kelajakda eksport geografiyasini kengaytirish maqsad qilingan.

Korxona faoliyatini Xitoydan keltirilga 10 ta stanok bilan boshlagan edi. 2020yilda Milliy bank yana 1.5 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi va «Urgut Micro Metal» yangi stanoklar sotib olib, sifatli va arzon tish pasta yaratishni rejalashtirmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring