Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada asosan quruq va beqaror ob-havo kutiladi

Ushbu haftada asosan quruq va beqaror ob-havo kutiladi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechqurun yog‘ishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li tumanlarda hafta davomida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 13-18°, kunduz kunlari 23-28° atrofida bo‘ladi. Bunday harorat may oyining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring