Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ustaxonadan 57 millionni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Ustaxonadan 57 millionni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Shu yil 23 dekabr kuni noma’lum shaxslar Toshkent viloyatining Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, shu ustaxona ishchisi Sh.X.ga tegishli 57 mln. so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumani Dalvarzin qo‘rg‘onida yashovchi J.M. va shu tuman Zafar qo‘rg‘onida yashovchi B.E.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring