Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uxanda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilishi boshlandi

Uxanda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilishi boshlandi

Foto: «Actualidad.rt.com»

Bugun ertalab Uxan shahrida koronavirusni yuqtirgan bemorlarni joylashtirish uchun yangi shifoxona qurilishi boshlandi, deya xabar berdi Xitoy Mrakaziy televideniyesi.

Juma kuni erta sahardan qurilish maydonida o‘nlab ekskavatorlar ishga tushdi. Qurilishni 2-fevral kuni tugatish rejalashtirilmoqda. Yangi shifoxona maydoni 25 ming kvadrat metrdan iborat bo‘lib, u yerga bir vaqtning o‘zida 1000 ta bemor joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shifoxona 2003-yil aprelda SARS (atipik pnevmoniya) epidemiyasi davrida yetti kunda qurib bitkazilgan Pekindagi «Syaotanshan» shifoxona modeli bo‘yicha qurilishi zarur. Bu ko‘proq bemorlarni muolaja qilishga imkon beradi. O‘sha paytda shifoxona sig‘imi 1000 kishiga yetgan va ikki oy davomida butun mamlakat bo‘ylab bemorlar muolaja olishgan.

Dekabrning oxirida Xitoy hukumati Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan zotiljam tarqalganini xabar bergandi. Ilk kasallanganlar dengiz mahsulotlari bozoriga aloqasi bo‘lgan. Ekspertlarning aniqlashicha, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi tipi — 2019-nCoV hisoblanadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab kasallanganlar soni 830 nafardan oshib ketgan, 26 kishi hayotdan ko‘z yumgan, ulardan 24 nafari Xubey provinsiyasi hududi, qolgan yana ikki nafari uning tashqarisida hayotdan ko‘z yumgan.

Virus allaqachon Xitoy chegarasidan tashqariga tarqalib ketdi. Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Vetnam, Singapur va Tailandda mazkur virusni yuqtirish holatlari qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring