Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida qo‘shnilar talonchini qo‘lga olishdi

Sergelida qo‘shnilar talonchini qo‘lga olishdi

Foto: Tergov departamenti

2021-yil 15-dekabr kuni soat 18:00 larda 40 yoshli X.F. Toshkent shahri, Sergeli tumani Sergeli 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biriga kirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishni maqsad qiladi.

U 2-qavat yo‘lagiga turib olib, shu yerdan o‘tib ketayotgan 49 yoshli V.I.ga hujum qiladi va qulida bo‘lgan sumkasini tortib olish maqsadida, qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazadi.

Shu vaqtda V.I. yordamga chaqirib baqirganligi tufayli yo‘lakda yashovchi qo‘shnilar uylaridan chiqqanligini ko‘rgan X.F. hodisa sodir bo‘lgan joyidan qochmoqchi bo‘ladi, ammo guvohlar tomonidan qo‘lga olinib, ichki ishlar organiga topshiriladi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring