Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uylanishni va’da qilib qizni chuv tushirgan soxta DXX xodimi ushlandi

Uylanishni va’da qilib qizni chuv tushirgan soxta DXX xodimi ushlandi

Foto: «capital.ua»

Buxoro IIBga murojaat qilgan qiz telefon orqali o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb aytgan yigit bilan tanishgan. Yigit qizga uylanish va to‘ydan oldin o‘zining uyini qizning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan, deb xabar bermoqda «Daryo».

Qizning ishonchiga kirgan yigit uyni uning nomiga rasmiylashtirish uchun pul berib turishini so‘ragan. Qizdan 1600 AQSh dollarini olgan yigit unga uylanmay va nomiga hech qanday uyni rasmiylashtirmay pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limining nashrga ma’lum qilishicha, o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan va firibgarlik jinoyati sodir etgan M.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring