Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» aksiyasida qancha o‘qituvchi avtomobillik bo‘ldi?

«UzAuto Motors» aksiyasida qancha o‘qituvchi avtomobillik bo‘ldi?

O‘qituvchilar uchun avtomobilni imtiyozli to‘lovlar asosida xarid qilish aksiyasi e’lon qilingan edi. Xo‘sh, ushbu aksiya doirasida qancha shartnoma imzolandi?

«UzAuto Motors» kompaniyasi xabar berishicha, «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan kompaniyaning deyarli barcha modeldagi avtomobillari uchun e’lon qilingan maxsus bayramona aksiya doirasida 10323 nafar o‘qituvchi avtomobil olish uchun shartnoma imzoladi. 

«Shu bilan kompaniya tomonidan e’lon qilingan barcha aksiyalar nihoyasiga yetadi. Ishtirokingiz uchun rahmat!» deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring