Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» yana muammoga duch keldi

«UzAuto Motors» yana muammoga duch keldi

Foto: «Xabar.uz»

«UzAuto Motors» kompaniyasi yana bir muammoga duch kelgani haqida xaridorlariga murojaat qildi.

Avvalroq yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi sabab o‘zbek ishlab chiqaruvchisi bir qator avtomobillar uchun shartnoma tuzishni to‘xtatib qo‘ygandi.

Endi, mikrochiplarning tanqisligi «UzAuto Motors» kompaniyasi uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi «Humax» korxonasini ham chetlab o‘tmagan. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatganligi haqida rasmiy xat bilan «UzAuto Motors»ga murojaat qilgan.

Shundan kelib chiqib, «UzAuto Motors» kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Joriy yilning 19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha «Chevrolet Lacetti» va «Cobalt» avtomobillari «Humax» kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

«Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi», deyiladi kompaniya murojaatida.

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etilgan:

  • Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko‘ra, bozordan o‘zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o‘rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo‘qotmaysiz.
  • Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so‘ng, avtomobilni qayta jihozlash.

Eslatib o‘tamiz, yarimo‘tkazgichar mojarosi ancha avvalroq boshlangandi. O‘shanda «UzAuto Motors» yarimo‘tkazgichlarni bahona qilib, 4-pozitsiya «Chevrolet Cobalt» mashinasini o‘rindiq isitish modulisiz sotishga uringandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring