Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzDigital TV» «TeleCard» narxini 400 000 so‘mdan 300 000 so‘mga arzonlashtirdi

«UzDigital TV» «TeleCard» narxini 400 000 so‘mdan 300 000 so‘mga arzonlashtirdi

Foto: «UzDigital TV»

2018-yilning dekabr oyida so‘nggi analog uzatgichlar o‘chirilishi bilan O‘zbekiston raqamli televideniyega uzil-kesil o‘tgan davlatlar qatoriga qo‘shiladi. Bu haqda batafsil ma’lumot bergan edik.

Shunday qilib, 2018-yilning 15-yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi.

«UzDigital TV» MChJ raqamli televideniyega ulanishni istovchilar uchun yangilikni e’lon qildi: shu yilning 1 fevralidan boshlab kompaniya SAM-modul (TeleCard) narxini 400 000 so‘mdan 300 000 so‘mga arzonlashtirdi. Raqamli TVga ulanishni istovchilar kompaniyaning poytaxt va viloyatlar markazlaridagi savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «TeleCard»  xarid qilgan holda abonentlar «UzDigital TV»ning mahalliy paketlaridan tashqari, 31 va 44ta xorijiy telekanallardan iborat paketini ulash imkoniga ega bo‘ladi.

Raqamli televizor, «TeleCard»  yoki TV-tyunerlarni birdaniga xarid qilish har bir oilaning ham budjetiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunday sharoitda aholiga, ayniqsa kam ta’minlangan qatlamlar va pensionerlarga qulaylik yaratish maqsadida AT «Aloqabank» hamda «UzDigital TV» MChJ hamkorlikda raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa raqamli qurilmalarni xarid qilish uchun iste’mol kreditini ishlab chiqqan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring