Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile» bir nechta tarif va xizmatlarini yopadi

«Uzmobile» bir nechta tarif va xizmatlarini yopadi

Foto: «Uzmobile»

«Uzmobile» mobil aloqa operatori 2018-yilning 1-iyulidan CDMA standartidagi bir nechta tarif rejalari va xizmatlarini yopishini e’lon qildi.

«Xabar.uz» portaliga kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «Statsionar Unlimited», «Statsionar-Budjet», «Poytaxt», «Call Centre», «Texnologik-2», «Cheksiz Korporativ», «Statsionar SPECIAL», «Sovg‘a», «Kollej», «O‘quvchi» tarif rejalari yopiladi.

Shuningdek, «Internet-150», «VPN-200», «VPN-100», «Internet 75», «Internet 250», «EV-DO 5», «Netbook 1», «Netbook 2», «Netbook 3», «Netbook 4» xizmatlari ham tugatiladi.

Yuqoridagi tarif va xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar 2018-yilning 1-iyulidan bepul ravishda boshqa tariflarga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, hududlarda amalda bo‘lgan «Taksofon-Andijon», «Taksofon-Namangan», «Taksofon-Samarqand», «Taksofon-Tashkent», «Taksofon-Xorazm», «Taksofon-Qarshi» tariflari hamda «Roumingga ulanish», «Internet Classik» xizmatlari ham to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring