Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzmobile «Oltin taklif» va «Muhtasham chegirmalar» aksiyalarini ishga tushirdi!

Uzmobile «Oltin taklif» va «Muhtasham chegirmalar» aksiyalarini ishga tushirdi!

Foto: «Xabar.uz»

Chiroyli raqamlarga bo‘lgan talabni inobatga olib va milliy mobil aloqa bozorini o‘rganish natijasida 2019 yil iyun oyidan boshlab Uzmobile yangi mijozlarni jalb qilish va sodiq abonentlarni rag‘batlantirishga qaratilgan bir qancha marketing kampaniyalarini boshladi.

Shunday qilib, 2019-yil 5-iyundan boshlab «Oltin taklif» va 2019-yil 20-iyundan boshlab «Muhtasham chegirmalar» aksiyasi ishga tushirildi.

«Muhtasham chegirmalar» va «Oltin taklif» aksiyalari — bu 4 000 000 so‘mdan 21 000 000 so‘mgacha bo‘lgan qimmatbaho chiroyli raqamlarni sotib olish uchun katta chegirmalarga ega bo‘lish imkoniyatidir. Bunda UZMOBILE mobil qurilmasini sotib olish evaziga chiroyli raqamning egasi bo‘lishingiz ham mumkin.

«Oltin taklif» aksiyasi 2019-yil 5-iyundan 1-sentyabrga qadar davom etadi. Rag‘batlantiruvchi vosita sifatida, har qanday CDMA-450 standartidagi mobil qurilmani UZMOBILE rasmiy ofislaridan sotib olgan abonent chiroyli raqamni xarid qilish uchun juda katta chegirma olishi mumkin.

«Muhtasham chegirmalar» aksiyasi uzoq vaqtdan beri chiroyli raqamni sotib olishni xohlagan, ammo iqtisodiy tarafdan o‘ziga buni ep ko‘rmagan abonentlarimiz uchun qaratilgan. 2019 yil 20 iyundan 1 sentyabriga qadar «IShBILARMON» (GSM), «Korporativ VIP» (CDMA) yoki VIP Mobile (CDMA) tarif rejalariga ulanish orqali abonentlar sotuvda bo‘lgan qimmat raqamlarga juda nufuzli chegirma bilan ega bo‘ladilar. 

«UZMOBILE abonentlarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashga katta e’tibor beradi. So‘nggi so‘rovlarning aksariyati chiroyli raqamlar — ularning narxi va sotib olish masalalariga oid bo‘lgani uchun mijozlarimizning istaklarini inobatga olgan holda, biz bir qator tadbirlarni o‘tkazishga qaror qildik. Shulardan asosiylari — yuqorida ko‘rsatilgan aksiyalardir», — deydi UZMOBILE filiali direktorining o‘rinbosari Javlon Islamov.

UZMOBILE — ishonchli aloqa mobil operatori!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring