Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzoq kutilgan «Nokia 6.1 Plus» taqdim qilindi

Uzoq kutilgan «Nokia 6.1 Plus» taqdim qilindi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Nihoyat, uzoq kutilgan va ko‘p gapirilgan «Nokia 6.1 Plus» smartfoni jamoatchilik e’tiboriga rasman taqdim qilindi, deb xabar bermoqda «Terabayt».

«Nokia 6.1 Plus» smartfoni yaqindagina Xitoyda taqdim qilingan va Xitoy uchun mo‘ljallangan «Nokia X6» modelining xalqaro talqini hisoblanadi. Kompaniya muhandislari nima sababdandir xalqaro talqindagi versiyaning xotira sig‘imini qisqartirishga qaror qilganlar. Natijada, «Nokia 6.1 Plus» 4 gigabaytli operativ hamda 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

Quvonarli tomoni esa, yangi mobil aloqa vositasi «Android One» operatsion tizimi boshqaruvi ostida faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, «toza» Android 8.1 Oreo muntazam ravishda eng so‘nggi dasturiy yangilanishlarni olib turadi.

«Nokia 6.1 Plus» modeli 5,8 dyuymli, 2280 x 1080 piksel sig‘imli, yuqori qismida kesiqli, «Gorilla Glass 3» himoya shishali displey bilan ta’minlangan.

Devaysda o‘rtacha imkoniyatli «Qualcomm Snapdragon 636» chipseti samaradorlik uchun mas’ul.

Yuqorida ta’kidlangani kabi, gadjet 4 Gb operativ xotira hamda 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Gibrid bo‘lmachaga bitta qo‘shimcha xotira kartasi qo‘yib doimiy xotirani kengaytirish yoki ikkita sim-karta qo‘ysa bo‘ladi.

Bosh kamera qo‘sh sensorli: 16 Mp (f/2.0) hamda 5 Mp (f/2.4) kamera modullariga «sun’iy aql» texnologiyasi joriy qilingan. 16 megapikselli selfi-kamera (f/2.0) ham «aqlli» va yaxshi surat olishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, «Nokia 6.1 Plus» modeli uchun tok sig‘imi 3060 mA soat bo‘lgan akkumulyator tanlangan. Bu akkumulyator tezkor quvvat oladi.

NFC moduli, baxtga qarshi yo‘q.

Smartfon o‘lchamlari: 147,2 x 71 x 8,59 mm, vazni – 151 gramm.

«Nokia 6.1 Plus» smartfoni qora hamda oq korpuslarda 24 iyuldan sotuvga chiqariladi. Bahosi: $292 dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring