Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzr»: Kim Chen In ham kechirim so‘radi

«Uzr»: Kim Chen In ham kechirim so‘radi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy koreyalik amaldorning o‘limi uchun kechirim so‘radi. Bu haqda Milliy razvedka boshqarmasi direktori Seo Xunga asoslanib  «Yonxap» agentligi xabar berdi.

«Prezident Mun Chje In va janubiy koreyalik birodarlar bu voqea sabab qattiq xafa bo‘lishdi, o‘zimda aybdorlik tuyg‘usini his etmoqdaman»,- degan Kim Chen In.

Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat rahbarlari allaqachon xat-xabar almashishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning g‘arbiy dengiz chegarasida harakat qilayotgan qo‘shini askarlari Janubiy koreyalik amaldorni otib tashlashgan. So‘ngra, uning yoqilgan jasadi janubliklar tomonidan topib olingan.

Hodisa 24-sentyabr kuni kuni ma’lum bo‘lgan. Janubiy Koreya harbiy xizmatining razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, erkak rostan ham o‘qqa tutilgan, so‘ngra yoqib yuborilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring